20:55 / 20.01.2021
4031

Tanqiddan so‘ng: Yunusobod markazidagi chiqindixona tozalandi

Foto: Yunusobod tumani hokimligi

Bugun, 20 yanvar kuni Kun.uz'da Yunusobod tumani, Shahriston ko‘chasidagi uylar atrofi chiqindilar bilan to‘lib ketgani haqida «Yunusobod markazidagi mahalla chiqindixonaga aylanib qolmoqda. Mas'ullar esa jim» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.

Yunusobod tuman hokimi Jahongir Ibrohimov va Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari ko‘tarilgan masalaga e'tibor qaratib, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy choralar ko‘rildi.

Mazkur hududdagi mumkin bo‘lmagan joyga tashlab ketilgan maishiy va qurilish chiqindilari maxsus texnika vositalari jalb etilgan holda olib ketilgan.

Shahar prokurori katta yordamchisi Sevara Saidjonovaning ma'lum qilishicha, 89-uy oldidagi maqsadsiz quyilgan fundamentning taqdiriga ham tez kunda aniqlik kiritilib, olib tashlash choralari ko‘rilishi nazoratga olingan. Ushbu hududda yashovchi aholiga tushuntirish ishlari olib borilishi yuzasidan mahalla raisi va profilaktika noziriga zarur ko‘rsatmalar berilgani aytilgan Yunusobod tuman hokimligi va shahar prokuraturasi bergan axborotda.

Top