Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda chiqindi uchun to‘lov tariflari oshiriladi
Tariflar sanitariya jihatdan tozalash bo‘yicha aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilishga doir aylanmaga nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinishi bekor qilingani tufayli oshirilmoqda.
Samarqand viloyatida chiqindi uchun to‘lov tariflari oshiriladi. Bu haqda Xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori qabul qilindi.
Qaye etilishicha, maishiy chiqindi uchun Samarqand shahri va tumani aholisi bir oyda bir kishi uchun 5600 so‘m, boshqa tuman va shaharlar aholisi esa 4624 so‘mdan to‘laydi. Shu paytgacha bu miqdor Samarqand shahri va tumanida 5000 so‘m, viloyatning boshqa tuman va shaharlarda esa 4129 so‘m edi.
Qarorga «Soliq va budjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuniga asosan sanitariya jihatdan tozalash bo‘yicha aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilishga doir aylanmaga nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinishi bekor qilinganligi va tegishli tashkilotlarning xulosalari asos bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
10:30 / 04.07.2026