Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahri Yunusobod tumanidagi 414-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkilotida tarbiyaçi bolalarga qöpol muomalada bölib, ularni qörqitib, kuç işlatayotgani aks etgan video tarqalgandi.
Toşkent şahar maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasining munosabat bildirişiça, holat yuzasidan işçi guruh örganiş olib borgan. Unga köra, yuqoridagi voqea 2024 yilning mart oyida kuzatilgan.
Taşkilot ma’muriyati tarbiyaçi I.S. bilan tuzilgan mehnat şartnomasini bekor qilgan va xodim işdan böşatilgan.
Avvalroq Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan 512-boğçada ham tarbiyaçi ayol bolalardan birini urib, uni haqorat qilgani tasvirlangan video tarqalgandi.
Şuningdek, Yunusobod tumanidagi boğçada yiğlagan bolaga qöpol munosabatda bölib, uning qöllarini qökartirgan tarbiyaçi işdan olingandi. Tuman maktabgaça ta’lim bölimi ayolning harakatlarini «nihoyatda qöpol, pedagog uçun xos bölmagan» deya atagan.












