03:21 / 21.01.2021
4994
Ronaldu va Morataning gollari «Yuventus»ni 9-bor Italiya Superkubogi g‘olibiga aylantirdi
Foto: Twitter/JuventusFC

Italiyaning amaldagi chempioni «Yuventus» va mamlakat kubogi sohibi «Napoli» o‘rtasidagi Superkubok bahsida turinliklar zafar quchishdi. 

Krishtianu Ronaldu va Alvaro Morataning gollari «Yuventus»ni 9-bor Italiya Superkubogi g‘olibiga aylantirdi. Jamoa bosh murabbiyi Andrea Pirlo esa murabbiylik faoliyatidagi ilk sovrinni qo‘lga kiritdi. 

Italiya Superkubogi

Yuventus — Napoli 2:0
20 yanvar, «Mapey»
Gol: Ronaldu (64), Morata (90+6).
Amalga oshirilmagan penalti: Insine (79).
Yuventus – Shchensni, Kellini, Bonuchchi, Danilo, Kuadrado, Artur, Bentankur (Rabo, 84), Kulusevski (Morata, 84), Makkenni, Keza (Bernardeski, 46), Ronaldu. 
Napoli – Ospina, Mariu Ruy (Politano, 84), Kulibali, Manolas, Di Lorenso, Zelinski, Bakayoko (Elmaz, 67), Losano, Demme (Lorente, 84), Insine, Petanya (Mertens, 72).
Ogohlantirishlar: Ronaldu (74), Zelinski (89).

Top