Aslida ötgan 5 turning özida 12 jamoa keyingi bosqiç masalasini hal qilib ulgurgan. «Mançester Siti», «Bavariya», «Real» va «Arsenal» kabi jamoalar hatto 1-örinni ham kafolatlab olgan. Şunday bölsa-da, qolgan 4 yöllanma uçun birdaniga 10 jamoa da’vogarlik qilayotgani, bundan taşqari, ba’zi guruhlarda 1-örin masalasi, ba’zilarida esa,Yevropa Ligasi yöllanmasi hal qilinmagani tufayli ham sönggi turlar uçun qiziqiş yuqori bölişi kerak. Quyida mana şu ikki kunda öz javobini kutib turgan beş asosiy savol körib çiqiladi.
Birinçi savol: «Mançester Yunayted» yevrokuboklarsiz qoladimi?
12 dekabr. «MYu» – «Bavariya», «Kopenhagen» – «Galatasaroy»
Bir qaraganda, boşida, hammasi aniqdek tuyulgan bu guruhda inglizlar nafaqat Çempionlar Ligasi pley-off, balki hatto Yevropa Ligasidan ham quruq qolişi mumkin. «Mançester Yunayted»ning ayni damda egallab turgan örni mana şu voqealar rivojini taqozo qilmoqda.
Guruhda ikkinçi örinni oliş uçun «Mançester Yunayted» öz maydonida «Bavariya» ustidan ğalaba qozonişi, parallel ötadigan «Kopanhagen» – «Galatasaroy» öyinida xuddi Istanbuldagi kabi durang qayd etilişi kerak. Faqat mana şu ssenariyda Erik ten Hag şogirdlari Çempionlar Ligasida kuraşni davom ettira oladi. «Yunayted»ning nemislar ustidan ğalabasi hamda Kopenhagendagi durang bölmagan hisob «MYu»ni Yevropa Ligasiga yuboradi, Daniyadagi uçraşuv ğolibini esa guruhning 2-örin sohibiga aylantiradi.
«Mançester Yunayted» durang öynab ham Yevropa Ligasiga ötişi mumkinmi? Ha, buning uçun «Galatasaroy» Kopenhagenda ğalaba qozonişi kerak böladi. Öşanda inglizlar «Kopenhagen» bilan teng oçko bölib, özaro öyinlarda tenglik bölgani uçun töplar nisbatiga köra guruhda uçinçi örinni olişadi.
Yana bir masala. Agar «Mançester Yunayted»ni bir çetga qöyib tursak, da’vogar ikki jamoadan qaysi birida imkoniyat köproq? Oçkolar teng, töplar nisbati böyiça esa daniyaliklarning ustunligi bor. Agar uşbu uçraşuv durang bilan tugaydigan bölsa, özaro öyinlarda tenglik yuzaga keladi va birinçi navbatda töplar nisbatiga qaraladi. Demak, agar «Kopenhagen» durang öynasa, har qanaqa holatda ham yevrokuboklarda qoladi – «MYu» yutsa, «Kopenhagen» Yevropa Ligasiga yöl oladi, yuta olmasa Çempionlar Ligasi pley-off bosqiçiga çiqadi.

Ikkinçi savol: «Real»ga kim şerik böladi?
12 dekabr. «Napoli» – «Braga»

















