15:10 / 22.01.2021
4787
Sergeli tumanida uchta mashina to‘qnashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt IIBB holat bo‘yicha ma'lumot taqdim etdi.

Ma'lum bo‘lishicha, 2021 yil 21 yanvar kuni taxminan soat 10:00da Qumariq va Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chalarining kesishmasida uchta transport vositasi to‘qnashgan. 

Xabarda aytilishicha, 49 yoshli Z.Yu. boshqaruvidagi Nexia avtomobili, 63 yoshli A.S. boshqaruvidagi Malibu avtomobili va 40 yoshli N.M. boshqaruvidagi Cobalt avtomobilining to‘qnashuvi yuz bergan. 

Taxminlarga ko‘ra, YTH Nexia avtomobilining keskin to‘xtashi oqibatida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida Malibu avtomobili haydovchisi badan shikastlari bilan tibbiy yordam uchun murojaat qilgan.

Top