16:45 / 22.01.2021
4900
Yashnobod tumanida 4ta mashina ishtirokidagi YTHda 5 kishi jarohatlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida videolavha tarqaldi. Poytaxt IIBB holat bo‘yicha ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, 21 yanvar kuni taxminan soat 15:40da Kichik halqa avtomobil yo‘li, «Ashxobod parki» yaqinida to‘rtta avtomobil to‘qnashgan.

Xabarda aytilishicha, 35 yoshli D.T. boshqaruvidagi Matiz avtomobili, 46 yoshli A.A. boshqaruvidagi Spark avtomobili, 42 yoshli D.I. boshqaruvidagi Toyota avtomobili hamda 47 yoshli S.S. boshqaruvidagi Nexia avtomobili ishtirokida YTH ro‘y bergan.

Hodisa oqibatida Matiz avtomobili haydovchisi va yo‘lovchisi, 44 yoshli B.M., Toyota haydovchisi hamda Nexia avtomobili yo‘lovchilari, 36 yoshli A.S. va 7 yoshli R.S. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi.

YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda. Ayni vaqtdagi ma'lumotlarga ko‘ra, Matiz avtomobili yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda qarama-qarshi harakat yo‘nalishiga chiqqan.

Tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Top