14:48 / 25.01.2021
4508
Kobulda Italiya elchixonasining mashinasi portlatib yuborildi

Ma'lumotlarga ko‘ra, oxirgi 100 kun ichida Kobulda xavfsizlik sohasida sodir bo‘lgan 177ta hodisa oqibatida 177 kishi halok bo‘lgan va 360 kishi jarohatlangan.

Foto: TOLOnews

Kobulda Italiya elchixonasining zirhlangan avtomobili portlatib yuborildi. Tolo News telekanalining xabar berishicha, portlash oqibatida bir kishi yaralangan.

Xabarda aytilishicha, terakt qo‘lbola portlash uskunasi yordamida amalga oshirilgan.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu avtomobildan Italiya elchixonasida ishlaydigan mahalliy xodimlarni tashishda foydalanilgan.

Hozircha terakt uchun javobgarlikni hech kim o‘z zimmasiga olmagan.

Tolo News telekanalining ma'lumotiga ko‘ra, oxirgi 100 kun ichida Kobulda xavfsizlik sohasida sodir bo‘lgan 177ta hodisa oqibatida 177 kishi halok bo‘lgan va 360 kishi jarohatlangan.

Top