Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda prezident maktabi qurish uchun viloyatning bosh matbuot uyi joylashgan yer tanlandi
2021 yilda Andijon shahrida Prezident maktabi quriladi. Maktab – ayni paytda shahar hokimligi va viloyat jurnalistlarining asosiy ish joyi sanaluvchi binolarning o‘rnida bo‘ladi.
Ayni paytda bu binoda «Andijonnoma» va «Andijanskaya pravda» gazetalari, viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining viloyat bo‘limi, «Xalq so‘zi» gazetasi va O‘zbekiston milliy axborot agentligi hududiy muxbirlari faoliyat yuritadi.
Ma'lum bo‘lishicha, bino Prezident maktabi uchun tanlangani ma'lum bo‘lgach, andijonlik jurnalistlarda binosiz qolish xavotiri paydo bo‘lgan.
Viloyat hokimligi bu xavotir o‘rinsiz ekanini bildirib, jurnalistlar uchun zamonaviy bino qurib berilishini bildirdi.
«Tahririyat xodimlari hamda viloyat jurnalistlarining xavotiriga o‘rin yo‘q. Tahririyat uchun Andijon shahri markazida barcha qulaylik va sharoitlarga ega, zamonaviy bino qurib bitkazilib, tahririyat ko‘chirib o‘tkazilgandan so‘ng qurilish ishlari amalga oshiriladi», – deyiladi hokimlik xabarida.
Ma'lumot uchun, Andijon viloyatidagi 17 ta gazeta va jurnal xususiylashtirilishi mo‘ljal qilingan. Ular orasida «Andijonnoma» gazetasi ham bor. Gazeta 2000 nusxada chop etilmoqda.
- Hozirda Prezident maktablari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida faoliyat yuritmoqda.
- 2021 yilda Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Andijon viloyatlarida ham Prezident maktablari qurilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
19:54 / 21.01.2026
Andijon viloyati hokimining 7 yilga qamalgan sobiq o‘rinbosari Botirjon Hamroyev ozodlikka chiqdi
14:02 / 20.01.2026
Elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan mayning qurilmalari topildi
21:37 / 13.12.2025
Andijonda 80ta yangi avlod elektrobuslari aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi
14:39 / 09.12.2025