15:24 / 29.01.2021
8962

Suyakli mol go‘shti 66 000 so‘mgacha, qo‘y go‘shti 78 000 so‘mgacha. Statqo‘m bozorlardagi narx-navoni ma'lum qildi

Davlat statistika qo‘mitasi bozorlardagi narx-navo to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Davlat statistika qo‘mitasi mamlakat hududidagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 27 yanvar kuni o‘tkazilgan kuzatuv va alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini ma'lum qildi.

Suyakli mol go‘shti 45 ming so‘mdan 66 ming so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg suyakli mol go‘shtining minimal narxi (45 ming so‘m) Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Namangan shaharining «Namangan chorsu dehqon universal bozori» va Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori» rastalarida qayd etilgan. Suyakli mol go‘shtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori»da kuzatilgan.

Qo‘y go‘shti 48 ming so‘mdan 78 ming so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da (48 ming so‘m) kuzatilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining  «Mirobod dehqon bozori»da (78 ming so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 2800 so‘mdan 6000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da sotuvdagi yirik bo‘lmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (2 800 so‘m) qayd etilgan. Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da sotuvdagi saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (6 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1200 so‘mdan 3500 so‘mgacha (kg)

Piyoz mahsulotining minimal narxi Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da (1 200 so‘m) ro‘yxatga olindi. Maksimal narx sifatida esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da sotuvda bo‘lgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (3 500 so‘m).

Sabzi 1000 so‘mdan 4000 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori»da  (1 000 so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da sotuvdagi tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (4 000 so‘m) qayd etildi. 

Tuxum 7 000 so‘mdan 15 ming so‘mgacha (10 dona)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da arzonlashtirilgan tuxum rastalaridagi mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (7 000 so‘m). Maksimal narx esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori»larida kuzatilgan.

Guruch 5 000 so‘mdan 18 ming so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (5 000 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narx esa, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori»da kuzatildi (18 ming so‘m). 

 O‘simlik yog‘i 11 ming so‘mdan 19 ming so‘mgacha (litr)

O‘simlik yog‘i mahsulotlarining minimal narxi Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog‘i 11 ming so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (kungaboqar yog‘i 19 ming so‘m) kuzatildi.

Shakar 6 500 so‘mdan 8 000 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining  «Qo‘yliq dehqon bozori»da (6 500 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangibozor dehqon bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori»da (8 000 so‘m) kuzatildi.

Top