Toşkent şahrining Yunusobod tumanidagi Yunusobod dehqon bozori va Ahmad Doniş bozorini olti qavatli qiliş rejalaştirilgan. Bu haqda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev poytaxt kengaşi yiğilişida ma’lum qilgan.

Uning sözlariga köra, Toşkentning öta çeklangan maydoni şaroitida mavjud infratuzilmani vertikal ösişi hisobiga sanoat va savdoni rivojlantiriş zarur.

«Masalan, 4,8 gektarlik Yunusobod dehqon bozori bir qavatli bölgani uçun dimiqib ketgan. «Aloqabank» boşqaruvi raisi Irisbekova [bozorni] yer ostiga ikki qavat, yer ustiga olti qavat qilib qurişga xorijlik investorlar 40 million dollar sarmoya kiritib va 2500 iş örni yaratiş taklifini bergan», — dedi prezident.

Yunusobodda tumanida 16,5 gektar maydonda joylaşgan kiçik sanoat zonasida 91 ta bino va inşootlar joylaşgan. Lekin ularning 77 ming kv metr binolarni 3−4 qavat qilib qayta quriş hisobiga qöşimça 200 ming kv metr hosil bölişi mumkin, dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident sessiyada Amir Temur şohköçasidagi sakkizta davlat idorasi binolarini rekonstruksiya qiliş va savdo obektlari, ofislar va yer osti töxtaş joylariga ega mehmonxonalar taşkil etiş uçun tadbirkorlik sub’yektlariga berişni ham taklif qildi.