13:42 / 30.01.2021
1797
2020 yilda 136 nafar mansabdor shaxs noqonuniy daraxt kesgani uchun jarimaga tortilgan

2020 yilda 136 nafar mansabdor shaxs noqonuniy daraxt kesgani uchun jarimaga tortilgan. Bu haqda 30 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Bunyod Abdullayev ma'lum qildi. 

Qayd etilishicha, 2020 yil davomida o‘tkazilgan davlat ekologik nazorati natijalariga ko‘ra, daraxt va butalarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq jami 3 960ta huquqbuzarlik aniqlangan. 

Noqonuniy daraxt kesganlarning 136 nafari mansabdor shaxslar bo‘lib, huquqbuzarlarga jami 4,5 mlrd so‘m jarima solingan, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori esa 15,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Ma'lum qilinishicha, 2 724 m3 buta, 7 812 dona daraxt, shundan 3 428 dona qimmatli va 4 384 dona kamyob hamda qimmatbaho daraxtlar noqonuniy ravishda kesilgan.

18ta holat bo‘yicha qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Top