Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda qator qonunlar vazirlik va idoralar vakillari, qömita ekspertlari iştirokida muhokama qilindi.
Jumladan, 2024 yil 26 fevraldagi «Soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar uçun javobgarlik çoralarini maqbullaştiriş töğrisida»gi farmonga muvofiq Soliq kodeksining 227-1-moddasi doirasidagi tadbirkorlarga nisbatan qöllanayotgan moliyaviy jarimalarni keskin qisqartiriş belgilanmoqda.
Qonun bilan fiskal huquqbuzarliklar sodir etganlik uçun qöllanadigan moliyaviy sanksiyalar miqdorlari kamaytirilişini nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritilib, mazkur huquqbuzarliklar birinçi marta sodir etilganda jarima miqdori oxirgi hisobot çoragida olingan sof tuşumning 2 foizini, huquqbuzarlik takroran sodir etilganda esa uning 20 foizini taşkil etişi nazarda tutilmoqda.

Şuningdek, «Davlat mulkini ijaraga beriş sohasidagi qonunçilikni buzganlik uçun javobgarlik kuçaytirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun ham qömita a’zolari tomonidan qizğin muhokama qilindi.
Mazkur qonun davlat mulkini tadbirkorlik sub’yektlariga va boşqa şaxslarga ijaraga berişning qonuniyligini ta’minlaşga qaratilgan bölib, davlat mulkini ijaraga beriş sohasidagi qonunçilikni buzganlik uçun ma’muriy javobgarlik belgilanyapti.
Şu bilan birga majlisda «Yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan kasaba uyuşmalari taşkilotlarini hisobga qöyiş tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimçalar va özgartiriş kiritiş töğrisida»gi qonun ham dastlabki tarzda körib çiqilgan.

Qonunda yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan kasaba uyuşmalarining bölinmalari va boşlanğiç kasaba uyuşmalari taşkilotlarini adliya organlarida davlat röyxatidan ötkaziş qoidalarini mustahkamlaş, şuningdek, ularning majburiyatlari yuzasidan tegişli kasaba uyuşmasining javobgarligini oşiriş nazarda tutilgan.
Öz navbatida, mazkur qonunning qabul qilinişi yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan kasaba uyuşmalarining bölinmalari va boşlanğiç kasaba uyuşmalari taşkilotlarini röyxatga va hisobga oliş yagona organ orqali amalga oşirilişini hamda ular tomonidan şartnomaviy-huquqiy munosabatga kirişilganda yuzaga keladigan majburiyatlar böyiça javobgarligini aniq belgilaşga xizmat qiladi.













