Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Asr loyihasi». Sardor Umrzoqov «Mozori Sharif – Kobul – Peshovar» temir yo‘lining ahamiyatini baholadi
«Mozori Sharif – Kobul – Peshovar» temir yo‘l loyihasini amalga oshirish XXI asrda uch mamlakat uchun «yangi davr va eng muhim voqea» bo‘ladi, dedi O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umrzoqov O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston rasmiylari o‘rtasida o‘tgan muzokaralarda.
O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston davlat rasmiylari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda «Mozori Sharif – Kobul – Peshovar» temir yo‘li qurilishi bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi («yo‘l xaritasi») tasdiqlandi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Bu – yangi davr, yangi bosqich, XXI asrda mamlakatlarimiz uchun yangi va eng muhim voqea. Men ushbu yutuqli tashabbusni ishonchli tarzda asrning loyihasi deb atashim mumkin. Bu mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikning prinsipial jihatdan yangi paradigmasini shakllantiradi. Bugun biz muhokama qilayotgan temir yo‘l barqaror rivojlanish va xalqlarimiz turmush darajasini yaxshilash platformasiga aylanadi», – dedi Sardor Umrzoqov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, transport yo‘lagi milliy iqtisodiyot va mintaqalararo savdoning ravnaqi uchun yangi turtki beradi, shuningdek Afg‘oniston va Pokistonning Markaziy Osiyo, MDH va Sharqiy Yevropa bozorlariga chiqish imkoniyatlarini to‘liq ochib beradi.
Sardor Umrzoqov shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari Afg‘oniston va Pokiston orqali dengiz portlariga eng qisqa vaqt ichida chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishlarini ta'kidladi. Bu – temir yo‘l transport xarajatlarini 30–35 foizga, tashish vaqtini esa o‘rtacha 15–16 kunga kamaytiradi.


Avvalroq, Pokiston bosh vaziri Imron Xon Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi Trans-afg‘on temiryo‘l qurilishi loyihasini tasdiqlagani, bu loyihaga xalqaro moliya tashkilotlari 4,8 milliard dollar ajratishi kutilayotgani ma'lum qilingandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida «Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bog‘laydigan Trans-afg‘on transport yo‘lagini barpo etish borasida dastlabki amaliy qadamlar» tashlangani haqida aytgandi.
Mavzuga oid
18:31 / 29.05.2026
Moskva-Dushanbe poyezdi harakati 6 yillik tanaffusdan so‘ng tiklanadi
19:21 / 21.03.2026
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lini 2030 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda
18:13 / 19.03.2026
Bayram kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
17:58 / 16.12.2025