20:22 / 02.02.2021
2136
Ilon Mask vaqtincha Twitter’dan foydalanmasligini ma'lum qildi 

Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask vaqtincha Twitter’dan foydalanmasligini ma'lum qildi. Biroq milliarder buning sababini tushuntirmagan. 

Foto: Win McNamee / Getty Images

“Ma'lum muddatga Twitter’dan ketaman”, deb yozgan Mask.

Milliarder ijtimoiy tarmoqda 2009 yil iyunda ro‘yxatdan o‘tgan. U shu vaqtgacha ijtimoiy tarmoqda 13,4 mingtaga yaqin tvit qoldirgan. 

Ayni vaqtda Maskning Twitter’da 45 mlnga yaqin obunachisi bor. 

Tadbirkor 2019 yil iyunda ham Twitter’dagi sahifasini faolsizlashtirgandi.

Mask ijtimoiy tarmoqdagi xabarlari sababli sudga ham berilgan. 2018 yil avgustda milliarder Tesla aksiyalarini 420 dollardan sotib olishga tayyorligini yozgan, bu esa kompaniya aksiyalarining 6 foizga qimmatlashib ketishiga olib kelgan. Shundan so‘ng AQShning qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha komissiyasi tadbirkorga qarshi ish ochib, buni Mask o‘z xabari bilan “sarmoyachilarni chalg‘itgani” bilan tushuntirgan.

Top