23:45 / 03.02.2021
7760

Amaldorlar navoiyxonlik chellenjida qatnashmoqda

Hukumat vakillari Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlab #baytchellenj’da ishtirok etishmoqda.

Ozodbek Nazarbekov va Sherzod Shermatov

Chellenjni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshlab berdi. U Navoiyning «Meni men istagan o‘z suhbatig‘a arjumand etmas» misrasi bilan boshlanuvchi g‘azalining birinchi baytini o‘qib, xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatovga chaqiriq tashlagan.

Sherzod Shermatov chaqiriqni qabul qilgan holda, maktab o‘quvchilari bilan birgalikda chellenjni davom ettirdi. Xalq ta'limi vaziri chellenjda ishtirok navbatini Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa'dullayevga topshirgan.

Amaldorlar g‘azal o‘qish bilan birga, boshqalarni ham #baytchellenj'da qatnashishga da'vat etishmoqda. Buning uchun Navoiy g‘azallaridan parcha o‘qib, ijtimoiy tarmoqlarga #baytchellenj heshtegi bilan joylashtirish kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 9 fevral kuni o‘zbek mumtoz adabiyotining eng yirik nomoyandasi va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi nishonlanadi.

Mavzuga oid
Top