14:52 / 06.02.2021
12047
Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Alibek Tursunov Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Alibek Tursunov Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

U bugungi kunga qadar Bog‘dod tumani hokimi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Avvalroq, Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Halimjon Umarov Quva tumani hokimi etib tasdiqlangandi.

Top