Farğona viloyatida yaşovçi 17 yoşli yigit Telegram messenjeri orqali odamlarning pullarini özlaştirib kelgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Toşkent viloyati, Quyi Çirçiq tumanida yaşovçi 20 yoşli ayol IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 32,5 mln söm noma’lum şaxs tomonidan firibgarlik yöli bilan özlaştirilganini ma’lum qilgan. 

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farğona tumanida yaşovçi 17 yoşli M.X. sodir etgani aniqlangan.

Unga köra, 17 yoşli yigit jabrlanuvçi bilan Telegram messenjeri orqali tanişib, unga "Xalyami" botiga ulanib pul ötkazsa yutuq borligi haqida aytib işontirgan.

Söng jabrlanuvçi 32,5 mln sömni "Mavlonbek Oripov" ismli şaxsga tegişli bölgan bank plastik kartasiga ötkazib bergan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, yigitning foş etilmay qolgan şu turdagi boşqa jinoyatlarga aloqadorligini tekşiriş yuzasidan tezkor-suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uçun 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.