Hojiakbar Muxtorjonov Farğona viloyati Rişton tumanida öquv markazi oçib 16 kişini iş bilan ta’minlagan. Markazda ayni paytda 400 nafarga yaqin öquvçi turli fanlardan tahsil olyapti. “18 yoşimda öquv markazi oçib mustaqil daromadga kirişimga otam işonmagan edi”, deydi Hojiakbar.
Hojiakbar Muxtorjonov öquv markazi oçişdagi qiyinçiliklar, otasining doimiy qöllab turgani, rahbar böliş mas’uliyati haqida sözlab berdi:
“Bundan 8-9 yil avval otamning işi poytaxtda bölgani uçun Toşkentga köçib ketganmiz. Tanişlarimdan biri öquv markaz oçayotgani, taşkiliy işlarda yordam berişimni söradi. Döstim bilan soha içiga kirib borib özim ham qiziqib ketdim.

Ötgan yili vodiyga kelib, ingliz tilidan öqituvçi izlab köp öquv markazlariga kirdim. Men körgan öquv markazlarining şaroitlari unçalik yaxşi emasdi. Holat bilan tanişib özim şu Farğonada yaxşi şaroitli, xizmat körsatiş ham qoniqarli bölgan öquv markaz oçsam-çi, deb öylab qoldim. Qilinadigan işlar, xarajatlarni yozib, hisob-kitob qildim. Toşkentga borgaç, otam bilan maslahatlaşdim, taklifim yoqdi, qöllab-quvvatladilar. Rişton tumanining Zohidon qişloği markazida amakimning ikki qavatli böş turgan binosini körib, şu yerda taşkil qiladigan böldik. Ustalar topib, özim ham qöşilib işlay boşladim. Ötgan yilning avgust oyida öquv markazimiz oçildi. Şaroitlarini qöldan kelgança yoz-qiş mavsumlariga moslab, jihozlarni ham yaxşi qildik.
Hozirgi paytda markazda 400 nafarga yaqin öquvçi öqiydi. 16 nafar xodimni iş bilan ta’minladim. Köproq çet tillari ötiladi markazimizda, masalan, turk, arab, ingliz, rus, koreys tillari. Bundan taşqari, matematika, tarix, huquq, kimyo, biologiya kabi fanlardan ham dars böladi.
Boşlanişida otamga 10 ming dollar bilan oçsak bölar ekan, deb aytganman. Berdilar aytgan pulimni. Işni boşladik, lekin hali ta’mirlaş nihoyasiga yetmasdan pul tugadi. Har 2-3 kunda otamga pul kerak deb telefon qilardim. Boşidan maqsadim bu yerdagi boşqa öquv markazlardan şaroiti yaxşiroq bölişi edi. Şuning uçun ham pul köproq ketdi. Mana, endi har oy 10-15 mln söm beryapman otamga ham. Hali 18 yoş, eplab ketoladimi, yöqmi, deb ötirmasdan, işonib pul topib berganlari juda katta iş böldi.
Boşlanişida öquvçi yiğiş qiyin böldi, köp reklamalar qildik. Narxni ham boşqa öquv markazlarga nisbatan pastroq qilganmiz, çunki köpçilik qişloq odamlari, ba’zilarning şaroiti kötarmasligi mumkin. Şunça işlari, dehqonçiligidan ortib öqiş uçun kelişadi, ilmli yigit-qizlar köp.












