16:00 / 09.02.2021
3060
LG kompaniyasi CES virtual ko‘rgazmasida rekord miqdoridagi mukofotlarga sazovor bo‘ldi

190 dan ziyod mukofot sirasida bozor yetakchilaridan bo‘lgan LG OLED televizorlari ketma-ket yettinchi marotaba e'tirof etildi.

2021 yilda o‘z tarixida ilk bor to‘liq onlayn formatda o‘tkazilgan CES ko‘rgazmasida LG Electronics (LG) kompaniyasi rekord miqdoridagi mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Bu texnologiya sanoati tarixidagi muhim burilishdir. LG “maishiy texnika”, “uydagi hordiq”, IT va “mobil vosita” kabi kategoriyalarda 190 dan ziyod mukofotni qo‘lga kiritdi.

Sovrinlar estafetasini Engadget'ning Best of CES Award (CES taqdimotining rasmiy taqdirlash dasturi) mukofoti ochib berdi. Uni televizorlar kategoriyasida ketma-ket yettinchi marotaba LG C1 seriyasidagi OLED televizori qo‘lga kiritdi. U CES-2021 ko‘rgazmasida taqdim etilgan minglab yangi modeldagi televizorlar orasidan tanlab olindi. Shuningdek, Engadget Best of CES Award sovriniga LG Rollable smartfoni ham loyiq ko‘rildi. Smartfon CES-2021 ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilgan LG matbuot anjumani chog‘ida ilk bor namoyish etilgach, “Eng yaxshi telefon/mobil vosita” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Mashhur OLED televizorlari o‘z sohasining yuqori e'tirof va sovrinlariga sazovor bo‘lish orqali LG'ning CES'dagi yetakchiligini mustahkamladi.

Yaqinda taqdim qilingan modellar orasida soha ekspertlari uchun yaxshi tanilgan G1 seriyasidagi OLED “evo” televizorlari mazkur kategoriyada evolyutsiyaning yangi bosqichi hisoblanadi. Shu bois ular The Verge, Rolling Stone va Gear Patrol tomonidan sovrinlarga munosib ko‘rildi. LG A1 seriyasidan bo‘lgan yangi OLED televizorlari Top Tech of CES 2021 Award: Best in Show kategoriyasida Digital Trends nashri mukofotiga sazovor bo‘ldi – nashr yuqori sifat va iste'molchilarning keng doirasi uchun qulay narxni uyg‘unlashtirgani bois mazkur modelni “amaliy” va “mo‘jizaviy” deb e'tirof etdi.

InstaView™ va Door-in-Door® yangi muzlatkichlari maishiy texnika segmentida keng ommalashgani holda Tom's Guide, WIRED, Newsweek va PCMag nashrlarning e'tirofiga sazovor bo‘ldi.

LG WashTower™ modeli chiroyli ko‘rinishga ega, kir yuvish uchun kompleks yechimni taqdim qiladi, o‘ta yuqori yuklama bilan ishlash chog‘ida ham odatdagidan 50 foiz kamroq maydonni egallaydi. Mazkur model House Beautiful va Best Producs singari turmush tarziga bag‘ishlangan yetakchi nashrlar tomonidan tan olindi.

Birgina CTA rasmiy sovrinli dastur doriasidayoq LG CES ko‘rgazmasining innovatsiyalar sohasidagi 24 ta mukofotiga ega bo‘ldi. Jumladan, LG C1 seriyasidagi OLED televizori va ovozni tanish funksiyasiga ega bo‘lgan LG InstaView ThinQ muzlatkichi Best of Innovation Awards sovriniga loyiq ko‘rildi. Joriy yilda LG kompaniyasi USA Today/Reviewed, CNET, CNN, The Wall Street Journal, The Verge, Women's Health, Business Insider singari yirik nashrlarning texnik ekspretlaridan sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

CES-2021 ko‘rgazmasi doirasida LG qo‘lga kiritgan asosiy sovrinlar

LG C1 seriyasidagi 4K OLED televizorlari:

  • 2021 yil ko‘rgazmasining eng yaxshi mahsuloti (Engadget talqini bo‘yicha Best of CES 2020);
  • CNET: CES-2021 ko‘rgazmasidagi eng yaxshi televizor;
  • Gear Patrol: CES-2021 ko‘rgazmasidagi eng yaxshi va beqiyos televizorlar;
  • USA Today/Reviewed.com CES Editors' Choice Award (tahririyat tanlovi);
  • Techlicious: Top Picks of CES 2021 Awards (CES-2021 ko‘rgazmasidagi eng yaxshi mahsulotlar uchun mukofot).

LG G1 Gallery seriyasidagi 4K OLED “evo” televizorlari:

  • Business Insider: CES-2021 ko‘rgazmasining eng yaxshi televizorlari;
  • CNET: CES-2021 ko‘rgazmasining eng yaxshi televizorlari;
  • Digital trends: CES-2021 ko‘rgazmasining eng yaxshi televizorlari;
  • HD Guru: OLED televizorining eng yaxshi dizayni;
  • IGN: CES-2021 ko‘rgazmasi – eng yorqin kashfiyotlar.

LG A1 seriyasining 4K OLED televizorlari:

  • Digital Trends: CES-2021 ko‘rgazmasining Top Tech Awards mukofoti;
  • USA Today/Reviewed.com CES Editors' Choice Award (tahririyat tanlovi);
  • T3: CES-2021 ko‘rgazmasining eng yaxshi televizorlari;
  • Wirecutter: biz eng kutadiganimiz.

LG QNED Mini LED televizori:

  • CNET: CES-2021 ko‘rgazmasining eng yaxshi televizorlari;
  • TWICE Picks Awards 2021;
  • Tom's Guide: CES-2021 ko‘rgazmasining eng yaxshi televizorlari;
  • Gizmodo: CES-2021 ko‘rgazmasida taqdim etilgan eng yaxshi yangi televizorlar.

LG UltraFine OLED Pro monitori:

  • Android Authority: CES-2021 ko‘rgazmasi yetakchilari uchun mukofotlar;
  • Digital trends: CES-2021 ko‘rgazmasining eng yaxshi monitorlari;
  • Gear Patrol: CES-2021 ko‘rgazmasida biz ko‘rganlarimizning eng yaxshisi;
  • Newsweek: CES-2021 ko‘rgazmasining eng yaxshi mahsuloti.

LG Rollable smartfoni:

  • CNN: CES-2021 ko‘rgazmasining eng yaxshi texnologik yangiliklari;
  • Digital Trends: CES-2021 ko‘rgazmasidagi 15 ta eng kuchli gadjetlar;
  • 2021 ko‘rgazmasining eng yaxshi mahsuloti (Engadget talqiniga ko‘ra Best of CES 2020);
  • FOX News: CES ko‘rgazmasining eng saralari;
  • Robb report: CES-2021 ko‘rgazmasidagi eng yaxshi 10 ta gadjet;
  • Wall Street Journal: CES-2021 ko‘rgazmasining eng saralari.

LG WashTower:

  • T3: CES-2021 ko‘rgazmasining aqlli uy uchun eng yaxshi to‘plami;
  • House Beautiful: CES ko‘rgazmasidagi eng saralar;
  • Innovatsiyalar sohasidagi CTA Innovation Award mukofoti;
  • Best Producs: CES-2021 ko‘rgazmasining faqatgina eng saralari;
  • Android Authority: CES-2021 ko‘rgazmasi yetakchilari uchun mukofotlar.

LG InstaView Door-in-Door muzlatkichi:

  • Uy uchun tizimlar sohasidagi mukofot;
  • Tom’s Guide: CES-2021 ko‘rgazmasi mukofotlari;
  • PCMag: texnologiyalar sohasidagi TechX Awards mukofoti;
  • Newsweek: CES-2021 ko‘rgazmasining eng yaxshi mahsuloti;
  • Business Insider: CES-2021 ko‘rgazmasida taqdim etilgan 15ta eng yaxshi mahsulot.

LG'ning Air Sous Vide texnologiyasiga ega tovarlar liniyasi:

  • Reviewed.com: CES Editors' Choice Awards 2021;
  • T3: CES-2021 ko‘rgazmasining eng yaxshi mahsuloti;
  • Techlicious: Top Picks of CES 2021 Awards (CES-2021 ko‘rgazmasidagi eng yaxshi mahsulotlar uchun mukofot).

LG CordZeroThinQ A9 Kompressor+ changyutkichlari:

  • Business Insider: CES-2021 ko‘rgazmasining 11ta eng yaxshi maishiy uskuna va qurilmasi;
  • Innovatsiyalar sohasidagi CTA Innovation Award mukofoti;
  • Reviewed.com: CES Editors' Choice Awards 2021;
  • Women’s Health: CES-2021 ko‘rgazmasidagi eng yaxshi yangi texnologiyalar.

LG CES-2021 ko‘rgazmasida qo‘lga kiritgan yutuq va mukofotlar haqida hamda kompaniya mazkur ko‘rgazmada namoyish qilgan mahsulotlar xususida qo‘shimcha ma'lumotni www.LGnewsroom.com saytidan topishingiz mumkin.


LG Electronics, Inc. kompaniyasi haqida

LG Electronics bu – xalqaro innovatsion kompaniya, texnologiyalar va iste'mol mahsulotlari sohasi yetakchisi. Dunyoning qariyb barcha davlatlarida o‘zining vakillik firmalariga ega. Kompaniyaning ishlab chiqarish obektlarida 74 ming nafar xodim ish o‘rniga ega. LG tarkibiga maishiy texnika va havoni konditsionerlash tizimlari, uydagi hordiq uchun uskunalar, mobil aloqa vositalari, transport vositalari va biznes uchun texnika ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi beshta kompaniyani o‘z ichiga oladi. 2019 yilda kompaniyaning dunyo bo‘yicha savdo aylanmasi 53 mlrd AQSh dollarini tashkil qildi. LG kompaniyasi televizor, kir yuvish mashinasi, muzlatkich, konditsioner, mobil aloqa, raqamli tibbiy tizimlardan tortib avtomobil qismlarigacha keng assortimentdagi mahsulotlarning yetakchi ishlab chiqaruvchisi sanaladi. Shuningdek, LG kompaniyasi LG SIGNATURE premium brendi va LG ThinQ texnologik brendiga ega bo‘lib, ular sun'iy idrok texnologiyalaridan foydalanadi.

LG kompaniyasi haqida batafsil ma'lumot uchun: www.LGnewsroom.com

Reklama huquqi asosida

Top