11:00 / 11.02.2021
9403
Qo‘rg‘ontepa tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun, 11 fevral kuni, xalq deputatlari Qo‘rg‘ontepa tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi va ma'ruza qildi. Sessiyada Qo‘rg‘ontepa tumaniga yangi hokim tayinlandi.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, shu vaqtgacha Qo‘rg‘ontepa tumani «Khantex Group» mas'uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi vazifasida ishlab kelgan Elyorbek Nabijonov tuman hokimi etib tayinlangan.

Elyorbek Nabijonov 2000 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini (bakalavr) va 2014 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (magistratura) tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2001 yilda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Qo‘rg‘ontepa filialida boshlagan. 2002-2004 yillarda Qo‘rg‘ontepa tumani hokimligi moliya bo‘limi budjet iqtisodchisi lavozimida ishlagan.

2004-2008 yillarda «O‘zsanoatqurilishbank» va 2008-2019 yillar oralig‘ida «Oriyent Finans» xususiy aksiyadorlik tijorat banki tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2020 yilda «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, Qo‘rg‘ontepaga 14 yil hokimlik qilgan Avazbek Ergashev 2020 yil 21 dekabr kuni Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Joriy yil 5 yanvar kuni tuman hokimining qishloq va suv xŭjaligi masalalari bŭĭicha ŭrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayëtgan Bahromjon Tursunov Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi lavozimini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi. 

Top