Andijon viloyati Qörğontepa tumanida Qirğizistondan noqonuniy olib ötuvçi yerosti yöllari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, 3 va 9 fevral kunlari Özbekiston DXX va Içki işlar vazirligi tomonidan tezkor tadbirlar olib borilgan. Jarayon davomida Qirğizistonning Öş viloyati Qorasuv tumani hududidan Özbekiston davlat çegarasi orqali Andijon viloyati Qörğontepa tumani hududiga olib kiruvçi, har birining eni 60 sm, balandligi 1,5 metr, uzunligi taxminan 150−200 metrli ikkita yerosti yöllari mavjudligi aniqlangan.

Hozirda bu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 223-moddasi (Qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekiston Respublikasiga kiriş) bilan qözğatilgan jinoyat işi doirasida suriştiruv işlari olib borilmoqda.