Boş prokurorning matbuot kotibi 10 noyabr kuni Qörğontepa tumani tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimida vafot etgan Şuhratbek Abduqahhorov işi böyiça ma’lumot berdi.
“Hozirda holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Marhumning ölimi kelib çiqiş sababini töliq hajmda örganib çiqiş uçun sudga oid komissiyaviy ekspertizasi tayinlangan.
Bundan taşqari, mehnat va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilgan yoki etilmaganligi holati yuzasidan Mehnat xavfsizligi ekspertizasi tayinlangan. Tekşiriş jarayoni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Avvalroq 36 yoşli Şuhratbek Abduqahhorov kombaynga oyoqlari kirib ketişi oqibatida olgan jarohati tufayli 9 noyabr kuni jonlantiriş bölimiga olib kelingani, dastlabki yordam körsatilgaç, u jonlantiriş bölimida qoldirilgani, 10 noyabr kuni oyoğining çiqqan joyini soliş maqsadida berilgan narkozdan keyin bemor vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Muolaja vaqtida çiroq öçib qolgan va sun’iy nafas beriş apparatiga ulangan bemorga qöl orqali boşqariladigan moslama yordamida kislorod berib turilgan. Marhumning yaqinlari Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida ölimga çiroq öçişi sabab bölganini aytişgan.

















