17:29 / 12.02.2021
3421
Samarqand viloyatida bir sutka davomida 1,2 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi

Samarqand viloyatida 11 fevral kuni bir sutka davomida 1 224 ta yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari qayd etilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, qayd etilgan qoidabuzarliklarning asosiy qismini svetoforning ishoralariga bo‘ysunmaslik, xavfsizlik kamarini taqmaslik, yo‘l belgilariga amal qilmaslik va qoidalarni qo‘pol tarzda buzish tashkil etgan.

Aniqlangan umumiy qoidabuzarliklarning:

  • 534 tasi qoidalarni qo‘pol tarzda buzish;
  • 21 tasi spirtli ichimlik iste'mol qilib mashina boshqarish;
  • 170 tasi svetoforning ishoralariga bo‘ysunmaslik;
  • 64 tasi odam tashish qoidalarini buzish;
  • 29 tasi transport vositasini boshqarish vaqtida qo‘l telefonidan foydalanish;
  • 4 tasi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish;
  • 14 tasi yuk tashish qoidalarini buzish;
  • 139 tasi xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlanish;
  • 41 tasi piyodalar tomonidan;
  • 315 tasi yo‘l belgilariga amal qilmaslik kabilarni tashkil etgan.

Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati rahbari Xurshid Safarovning ma'lum qilishicha, avvallari aniqlangan qoidabuzarliklarni qayd etish biroz vaqtni olgan. YHXB xodimlari planshetlar bilan to‘liq ta'minlanganidan so‘ng, aniqlangan qoidabuzarliklarni qayd etish vaqti ancha qisqargan. Bu xodimlarning yo‘l harakati ishtirokchilarini kuzatish vaqtini uzaytirgan va ish unumdorligini oshirgan.

Top