15:57 / 15.02.2021
20859
Sirdaryoda xalq ta'limi bo‘limi xodimi 1400 dollar bilan qo‘lga tushdi

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Xalq ta'limi bo‘limi xodimi A.Sh. 1400 dollar va 300 ming so‘m pullarni olgan vaqtida, jinoyat ustida ushlandi.

Foto: Vitaliy Timkiv

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning Kun.uz'ga tasdiqlashicha, A.Sh. o‘z lavozimidan foydalanib, MChJ ishchisi E.A.ga tumanda 2021 yilda ta'mirlash dasturiga kiritilgan maktab binolarining ta'mirlash ishlarini olib berishni va'da qilib, undan 1500 AQSh dollari miqdorida pul berishni talab qilgan.

13 fevral kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.Sh. E.A.dan 1400 AQSh dollari va 300 ming so‘m pullarni olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, tayinlanganiga bir oy ham bo‘lmagan pensiya jamg‘armasi Sirdaryo viloyati Xovos tumani bo‘limi boshlig‘i o‘z xizmat xonasida fuqarodan pora olayotganida ushlangan edi.

Top