Endilikda har bir hokim yordamçisi mahalladagi agronomlar bilan birga olib berilgan texnikalar hisobidan tomorqa yerlarini haydaş va ekin ekiş xizmatlarini körsatadi. Bu haqda prezident Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yiğilişida ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, mas’ullar Sayxunobod tumanidagi 19 ta mahalla va 794 ta köçani nomma-nom bölib olib, bu yil tadbirkorlik uçun beriladigan 200 milliard söm hisobidan ularni har biriga texnik iqtisodiy asos işlab çiqadi.
Bunda, mahallani «drayver» yönalişidan kelib çiqib, tumandagi 17 mingta xonadon kesimida tomorqada qança, sanoatda qança, savdo va xizmatlarda qança aholi band bölişi aniq körsatiladi.
Sayxunobodda ilk bor yangi tajriba qilinib, 19 ta mahallani har biriga 1 tadan mini traktor, 4 tadan motokultivator olib berildi.

Endilikda har bir mahalladagi hokim yordamçisi «1 sotix tomorqadan kamida 1–2 million söm daromad» degan mezon asosida aholi uçun biznes reja işlab çiqadi. Mahalladagi agronomlar bilan birga olib berilgan texnikalar hisobidan tomorqa yerlarini haydaş va ekin ekiş xizmatlarini körsatadi. Sayxunobod tajribasi butun respublikada ommalaştiriladi.

Tumandagi 19 ta mahallaning har birida istagi bor aholiga namunaviy intensiv boğ qilib beriladi. Şuningdek, xonadonlar kooperatsiya asosida eskportçi bilan boğlab beriladi, 2 ming tonnalik saqlaş, saralaş va qayta işlaş kompleksi taşkil etiladi.
Tumandagi 98 kilometr kanallar va drenaj tarmoqlari atrofidagi 100 gektar böş yerlar kooperatsiya asosida 500 ta xonadonga terak ekiş uçun bölib beriladi.













