11:08 / 18.02.2021
4121
Samarqanddagi yog‘-moy korxonalarining 28tasida qonunbuzilish holatlari aniqlangan
Foto: Getty Images

Samarqand viloyatida joylashgan 79ta yog‘-moy ishlab chiqaruvchi korxonalardan 32tasida monitoring-tahlil o‘tkazilganda ulardan 28tasida turli qonunbuzilish holatlari qayd etilgan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Samarqand viloyat boshqarmasi bosh inspektori Bahodir Rahmonovning ma'lum qilishicha, boshqarma tomonidan viloyatdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalarda monitoring-tahlil tadbirlari o‘tkazilganda bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Jumladan, viloyatda faoliyat olib borayotgan 79ta yog‘-moy korxonasining 32tasida paxta chigitini to‘liq texnologik siklda maqsadli qayta ishlash, mahsulot sifatini tasdiqlovchi gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlari mavjudligi tizimli ravishda o‘rganilib, monitoring-tahlil o‘tkazilganda, ularning 28tasida qonunbuzilish holatlari sodir etilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Respublika tovar-xomashyo birjasiga taqdimnoma kiritilgan. 3ta yog‘-moy korxonasi yuzasidan to‘plangan hujjatlar, tegishli qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.

Top