10:45 / 19.02.2021
3207
Ilon Mask o‘z kriptovalutasini yaratmoqchi

Tesla va SpaceX asoschisi, milliarder Ilon Mask o‘z kriptovalutasi nomi borasida bir to‘xtamga keldi. Unga o‘z kriptovalutasini yaratish haqida tvitterda taklif qilishgandi. Maskning fikricha, yangi kriptovaluta Marscoin deb ataladi, bu haqda tadbirkor Dogecoin kriptovalutasi savdosi haqidagi tvitlar zanjirida yozdi.

«Bu aniq Marscoin bo‘ladi!», deydi Mask suhbatdoshlaridan biriga javoban. Unga Eloncoin variantini ham taklif qilishdi, biroq Mask uni e'tiborsiz qoldirdi. Yangi «Jahon valutasi» haqidagi fikrlar Dogecoin egalarini qo‘llab yuborish mavzusi ostidagi tvitlar zanjirida yangradi. 15 fevralda Mask «dojkoin» egalarini valutalarini sotmoqchi bo‘lishsa, ularni qo‘llab-quvvatlashga va'da bergandi. Izohlarda esa unga o‘z valutasini yaratishni va uni «jahon valutasi»ga aylantirishni taklif qilishdi.

Olti kun muqaddam Mask «hodler-bolakay» bo‘lishi uchun kenja o‘g‘liga (o‘g‘lining ismi X Æ A-12) Dogecoin kriptovalutasini sotib olib berganini ma'lum qilgandi. Hodler deb kriptovalutaga sarmoya tikadigan va «sotib ol va saqla» degan investitsiya strategiyasiga ega bo‘lishadi. Ular bozordagi holatdan qat'i nazar valutani o‘zida saqlab qoladigan sarmoyadorlar.

Maskning kenjatoyiga «dojkoin» sotib olib bergani haqidagi tvitidan so‘ng Dogecoin’ning kursi, CoinMarketCap ma'lumotiga ko‘ra, 0,081 dollarga ko‘tarilib ketdi, keyinroq 0,072 dollarga tushdi (ayni damda 0,052 dollar). Bu «dojkoin» narxining Maskning tvitlari tufayli birinchi bor ko‘tarilib ketishi emas. 2020 yilning iyunida u tvitterga Dogecoin suratini qo‘ygan va «bundan qochishning iloji yo‘q» deb izoh qoldirgandi. Shundan keyin kriptovaluta narxi 14 foizga ko‘tariladi. «Birgina so‘z – Doge», deb yozdi u o‘tgan yilning 20 dekabrida va kriptovaluta iyundagidan ham ko‘proq qimmatladi. Maskning o‘zi esa tvitterdagi biografiya qismiga «Dogecoin sobiq bosh direktori» deb yozib oldi. Yanvar oxiriga kelib Dogecoin narxi 0,01 dollar edi. Biroq Mask Vogue moda jurnalining nomini Dogue’ga o‘zgartirib tvitterga qo‘ygach, kriptovaluta narxlari 0,08 dollarni tashkil etdi.

Ikki kunlik tanaffusdan keyin tvitterga qaytgan milliarder, o‘z tvilentasiga Disneyning «Qirol sher» multfilmidagi shaman-maymunning sherbachcha Simbaning ushlab turganiga o‘xshatish qilib, o‘zining Dogecoin’ni ushlab turgan rasmini qo‘ydi va «Xush kelibsan!» deb yozdi. «Dogecoin - milliy valuta», deb yozdi keyingi tvitida Mask.

2013 yilda hazil orqasidan yaratilgan Dogecoin narxi 58 foizga oshib, 0,03 dollardan 0,05 dollarga ko‘tarildi. Mask, shuningdek, boshqa kriptovalutalarga, jumladan, bitkoinga ham qiziqish bildirgan. 8 fevral kuni Tesla bitkoinga 1,5 millard sarmoya kiritgani va uni to‘lov vositasi sifatida qabul qilishni boshlaganini e'lon qildi. 5 fevral kuni Mask tvitterdagi profiliga #bitcoin heshtegini qo‘shib olgach, kriptovaluta narxi 20 foizdan ko‘proqqa oshib ketdi.

 

Top