22:35 / 22.02.2021
1918
Buyuk Britaniya bosh vaziri mamlakatda karantin cheklovlari 8 martdan bekor qilinishini e'lon qildi

Buyuk Britaniyada koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqini tufayli qo‘llangan cheklov choralarining bekor qilinishi 8 mart kuni maktablarning ochilishi bilan boshlanadi. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson dushanba kuni parlamentdagi nutqida ma'lum qildi.

Foto: EPA-EFE/ANDY RAIN

“Ikki haftadan so‘ng, barcha maktablar va boshqa ta'lim muassasalarida o‘quvchilar va talabalar bexavotir yuzma-yuz ta'lim tarziga qaytishlari mumkin”, - dedi bosh vazir. Hukumat rahbarining ta'kidlashicha, odamlar zarur ehtiyoj bo‘lmasa uylarini tark etmaslik talablari 29 martga qadar davom etadi.

Ushbu yumshatishlar Buyuk Britaniya aholisining 85 foiz yashaydigan Angliyaga tegishli. Qirollikning qolgan ma'muriy va siyosiy qismlari ya'ni Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyaning ma'murlari o‘zlarining siyosatini karantin qoidalari doirasida mustaqil ravishda belgilaydilar. Ammo, odatda, ularning bu boradagi harakatlari London tomonidan qo‘yilgan qadamlar bilan sinxronlashtiriladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top