16:56 / 25.02.2021
3262

«Vaqf» fondi «Yaxshilik qil» ijodiy ishlar tanlovini e'lon qildi

Yaxshilikni targ‘ib etuvchi «Eng yaxshi videorolik», «Eng yaxshi maqola» va «Eng yaxshi infografika» mualliflari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

«Vaqf» xayriya jamoat fondi tashkil etilganiga 3 yil to‘lishi munosabati bilan «Yaxshilik qil» tanlovini e'lon qildi.

Ijodiy ishlar tanlovini tashkil etishdan maqsad – yaxshilik va xayr-saxovatni targ‘ib qilish, insonparvarlik va o‘zaro mehr-oqibat mavzularini o‘ziga xos va kreativ tarzda yoritishdir.

«Yaxshilik qil» tanlovi 3 ta yo‘nalishda o‘tkaziladi.

  1. Yaxshilikni targ‘ib etuvchi «Eng yaxshi videorolik». Mukofot – 7 000 000 so‘m
  2. Yaxshilikni targ‘ib etuvchi «Eng yaxshi maqola». Mukofot – 5 000 000 so‘m
  3. Yaxshilikni targ‘ib etuvchi «Eng yaxshi infografika». Mukofot – 3 000 000 so‘m

Yana quyidagi 4 yo‘nalish bo‘yicha bittadan «Hadis va hayot» to‘plami rag‘batlantiruvchi mukofot sifatida taqdim etiladi:

  • «Kreativ ishtirokchi»
  • «Muxlislar e'tirofi»
  • «Yaxshi targ‘iboti uchun»
  • «Faol ishtiroki uchun»

Tanlov yakuniga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p ovoz (like) to‘plagan ishlar tanlov hay'ati tomonidan baholanadi hamda g‘oliblar va rag‘batlantiruvchi mukofotlar sohiblari aniqlanadi.

Ijodiy ishlarni 25 fevraldan 5 aprel soat 23:59 ga qadar @Yashilikqil2021Bot telegram botiga yuborish so‘ralmoqda.

Tanlov shartlari bilan fond rasmiy saytidagi ushbu sahifada tanishish mumkin.

G‘oliblar «Vaqf» fondi tashkil topgan kun –16 aprelda yoki tanlov tashkilotchilari bilan kelishgan holda e'lon qilinib, taqdirlanadi.

«Barcha ishtirokchilarga Alloh taolodan omad va zafarlar tilab qolamiz! Yaxshilik qiling – mukofotga ega bo‘ling», – deyiladi «Vaqf» fondi e'lonida.

Top