«Vaqf» fondi uyi yonib ketgan uch oilaga 90 mln so‘m xayriya qildi
Shu yil yanvar oyi o‘rtalarida baxsiz hodisa sabab, Toshkentning Yunusobod tumani Bobodehqon mahallasida uchta xonadon alanga ichida qoladi. Olov xonadon egalarining uylari bilan birga, bor-budini, kiyim-kechak va hujjatlarini ham kulga aylantiradi.
«Vaqf» fondi mutasaddilari 29 yanvar kuni «Obod xonadon» aksiyasini e'lon qildi, zarur bo‘lgan 90 million so‘m mablag‘18 fevralga qadar yig‘ildi. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar bermoqda.
18 fevral kuni fond rahbari Yahyo qori Abdurahmonov Bobodehqon mahallasiga borib, ushbu xonadon egalarining har biriga 30 million so‘mdan jami 90 million so‘m xayriya mablag‘lari va oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi.
«Vaqf» fondi xodimlari, xayriya qilgan va hissa qo‘shgan barcha insonlardan Alloh rozi bo‘lib, o‘ylagan ezgu niyatlariga yetkazsin», – deya duo qildi uyi qayta qurilayotganidan xursand bo‘lgan 84 yoshli Abduvali bobo.
«Qisqa fursatda mahallamiz aholisi va saxovatpesha vatandoshlarimiz tomonidan ko‘plab moddiy yordamlar, oziq-ovqat mahsulotlari hamda qurilish mollari ehson qilindi. Aksariyat kishilar manzillaringizni «Vaqf» fondi xodimlaridan oldik deb aytishdi. Mahallamiz nomidan fond xodimlari va ehson sohiblariga tashakkurlar izhor etamiz», – dedi Bobodehqon MFY raisi Dilmurod Bekmuhammedov.
«Vaqf fondi mazkur aksiyada ishtirok etgan barcha saxovatpesha vatandoshlarimizga o‘z minnatdorligini bildiradi», – deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:17 / 04.03.2021
«Vaqf» fondi Qoraqalpog‘istonning ichimlik suviga muhtoj hududlarida quduq qazdiradi
17:36 / 03.03.2021
«Vaqf» fondi: Koronavirus sabab vafot etgan imom-noibning oilasiga uy hadya qilindi
16:56 / 25.02.2021
«Vaqf» fondi «Yaxshilik qil» ijodiy ishlar tanlovini e'lon qildi
23:42 / 09.02.2021