«Vaqf» fondi Buxoro viloyatiga 10 mingdan ziyod kitob xayriya qildi
«Vaqf» xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo Abdurahmonov 7–8 fevral kunlari Buxoroda bo‘lib, viloyatdagi 106 ta masjid va 3 ta diniy ta'lim muassasasiga turli mazmundagi kitoblar va o‘quv adabiyotlarini taqdim etdi.
Fond rahbari Mir Arab Oliy madrasasi, Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurti va Jo‘ybori kalon ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtlari talabalari bilan davra suhbatlarida ishtirok etib, iqtidorli tolibi ilmlarga esdalik sovg‘alar ulashdi.
«Xayriya tadbirlari davomida masjid va madrasalar uchun jami qiymati 246 489 700 so‘m bo‘lgan 10 215 dona kitob xayriya qilindi», – deyiladi fond matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq Jo‘ybori kalon ayol-qizlar madrasasining Qur'oni karimni to‘liq yod olgan 10 nafar talabasiga shartnoma pullari to‘lab berilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:17 / 04.03.2021
«Vaqf» fondi Qoraqalpog‘istonning ichimlik suviga muhtoj hududlarida quduq qazdiradi
17:36 / 03.03.2021
«Vaqf» fondi: Koronavirus sabab vafot etgan imom-noibning oilasiga uy hadya qilindi
16:56 / 25.02.2021
«Vaqf» fondi «Yaxshilik qil» ijodiy ishlar tanlovini e'lon qildi
20:20 / 18.02.2021