19:12 / 26.02.2021
5331
Hindistonda koronavirusga qarshi emlash niqobi ostida odamlarda yangi dori sinab ko‘rilgani ma'lum bo‘ldi

Qayd etilishicha, bir necha kun avval shahar markaziga furgon kelgan hamda barcha xohlovchilarga koronavirusga qarshi emlanish va emlanganlik uchun 750 rupiy pul olish taklif qilingan. 

Foto: T. Narayan/Bloomberg

Hindistonning Bxopal shahrida koronavirusga qarshi emlash niqobi ostida odamlarda yangi dori vositasi sinab ko‘rilgani ma'lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN.

Qayd etilishicha, bir necha kun avval shahar markaziga furgon kelgan hamda barcha xohlovchilarga koronavirusga qarshi emlanish va emlanganlik uchun 750 rupiy (10 dollarga yaqin) pul olish taklif qilingan.  

Oradan bir necha kun o‘tgach, mahalliy aholi faollardan ular aslida emlanmagani, balki mahalliy vaksinalardan birining sinovida qatnashishganligini bilishgan. 

"Pul berishgani uchun emlanishga rozi bo‘lgandim, har holda 750 rupiy. Baribir hammamiz o‘lamiz", dedi emlanganlardan biri.

Ma'lumot berilishicha, ushbu hududda ko‘pchilik lokdaun vaqtida ishsiz qolgan, taklif qilingan 10 dollar esa ularning bir kunlik ish haqidan ikki baravar ko‘p.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top