19:06 / 01.03.2021
6540

Qoraqalpog‘istonda uch kishi devor ostida qolib vafot etdi

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida 3 kishi devor bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi xabar berishicha, 28 fevral kuni soat 12:30larda Xo‘jayli tumani «Madaniyat» MFY hududida yashovchi A.A.ning eski uyini buzayotgan B.Q., S.L. va J.T. ustiga devor qulab tushgan.

Natijada uchala fuqaro ham devor tagida qolib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Hodisa haqida Xo‘jayli tumani IIBga shu kuni 13:00larda xabar kelib tushgan.

Holat bo‘yicha Xo‘jayli tumani IIB tergov bo‘limi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-bo‘limi «a» bandi bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov harakatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning yozida Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan «Baytqo‘rg‘on temir beton mahsulotlari» kompaniyasining ishlab chiqarish hududida devor qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top