18:39 / 02.03.2021
3613
Marhamatda XTB mudiri budjet mablag‘ini talon-toroj qilishda gumonlanmoqda

Tumandagi 4ta maktabga hujjatlarda ko‘rsatilgan isitish qozonlari o‘rniga arzon narxdagi boshqa qozonlar o‘rnatilgani aniqlandi.

Andijon viloyati Marhamat tumani xalq ta'limi bo‘limi mudiri J.S. va bir necha shaxslar til biriktirgan holda 216,8 mln so‘m budjet mablag‘ini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentidan ma'lum qilishlaricha, 2019 yilda «J.S.» MChJ tomonidan tumandagi 4 ta maktabning isitish tizimlarini mukammal ta'mirlash bo‘yicha smeta hujjatlari ishlab chiqilgan. Ammo hujjatlarda ko‘rsatilgan jami 421,7 mln so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan «Kozlusan» rusumli isitish qozonlari o‘rniga 205 mln so‘mlik boshqa rusumdagi isitish qozonlari o‘rnatilgan.

J.S. va boshqalar rasmiy hujjatlarga soxta ma'lumotlarni kiritish yo‘li bilan 216,4 mln so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Talon-toroj qilish) va 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Top