Andijonning Marhamat tumanida suvoq işlari bilan şuğullanuvçi ayollar guruhi bir talay. Ular guruh-guruh bölib joylarda binolarni suvoq qiladi. Abjir ayollar orasida hatto oliy ma’lumotlilari ham bor. Mavsumda bir oyda 14 million sömgaça topamiz, deydi suvoqçi ayollardan biri.

Oynagul Risqulova yillar davomida suvoqçilik qilib, köplab şogirdlar çiqardi. 46 yoşli suvoqçi pul işlab, rözğor kamçiliklarini butlaşda turmuş örtoğiga kömaklaşadi.

Oynagul Risqulova

“Suvoq işlarni opamdan örgandim. Ayol kişi uçun töğri kelmaydi, deyişgan, özimga ham oğir tuyulgan boşida, taşlasammi, degan fikr ham bölgan. Yöq, keyin yaxşi işlab ketdik, örgandik. Suvoqçilik ortidan köp şaharlarni, viloyatlarni kördik.

Quriliş taşkilotlaridan taşqari odamlar ham uy ta’mirlaşga çaqiradi. Har joydagi muhitni, odamlarning bir-biriga bölgan munosabatini körib, nimadir örganamiz, xulosalar qilamiz.

Boşliqlarimiz bayramlarda tabriklab sovğalar beradi, tadbirlar ötkazadi. Ayollarga mos sovğalar qilişganda xursand bölamiz, köproq işlaşga harakat qilamiz.

Kollej, maktab, hatto prezident maktablari, boğçalarni foydalanişga topşirganmiz. Işimizni körib, rahmat aytişgandagi holat juda bir boşqaça böladi.

Guruhimizda 14 nafar ayol işlaydi. Ikki maşinada işga qatnaymiz. Ikki yigit ham bor, ular oğir işlarda bizga yordamlaşadi. Oramizda turmuşga çiqmagan qizlar ham bor, ular bizga havas qilib qöşilgan. Köpçiligimiz bir bir-birimizga qarindoş, taniş-biliş, şuning uçun ham uydagilarimiz işonib ruxsat beradi.

6-7 yil oldin özimizning Marhamat tumanidagi Madaniyat saroyida işladik. Bir tadbirga çaqirib qolişdi yaqinda. Bordik, kirib borganimizda özimizning işimizdan közimiz quvondi. Mehmonga borgan binoni biz suvoq qilgan edik. Xodimlar binoni juda çiroyli saqlabdi. Mehnatimiz qadridan quvondim, boşqa ayollarga maqtandim ham.