13:16 / 03.03.2021
1358
2020 yilda xotin-qizlarga rasmiylashtirilgan «himoya orderi» bo‘yicha statistika ochiqlandi

Joriy yilning 3 mart kuni Toshkentda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayollar yetakchi lavozimlarda: COVID-19 pandemiyasi sharoitida teng huquqli kelajakka erishish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda. 

Tadbirda ishtirok etgan IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Baxtiyor Berdialiyev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda qiziqarli ma'lumotlar taqdim etdi.

Qayd etilishicha, har bir tuman-shaharlarda alohida 360 nafar ayol inspektor lavozimlari joriy etilib, faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

“O‘tgan yili ichki ishlar organlarining tashabbusi bilan 7 033 nafar xotin-qizlar ishga joylashtirildi, ulardan 661 nafari ilgari sudlangan.

2020 yilda oilalarda o‘tkazilgan suhbatlar orqali zo‘ravonlikdan jabrlangan va tazyiqqa uchragan 14 774 nafar xotin-qizlar aniqlanib, barchasiga “himoya orderi” rasmiylashtirildi va ularning huquqlari IIV tomonidan himoyaga olindi.

Xodimlarimizga kelsak, Toshkent viloyati Olmaliq shahri ichki ishlar bo‘limi patrul-post xizmati xodimi Temur Sabriyev va uning turmush o‘rtog‘i, Olmaliq shahar IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika inspektori Gulnoza Sabriyevalar IIV tizimida birga ishlab kelishmoqda. Kamchilik bo‘lsa-da, bunday oilalar tizimda bor. Ular bir-birlarini yaxshi tushunishadi va qo‘llab-quvvatlashadi”, dedi B. Berdialiyev.

Top