Himoya orderi nima?
Himoya orderi – tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi, xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan ushbu qonunda belgilangan ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanishiga sabab bo‘ladigan hujjat. Tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan, ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsga himoya orderining nusxasi beriladi.
Order quyidagi holatlarda beriladi:
- tazyiq va zo‘ravonlikdan jarblangan xotin-qizlarning murojaati;
- jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari, shu jumladan, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar;
- tazyiq yoki zo‘ravonlik holatlarining vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan aniqlanishi;
- davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olingan materiallar.
Oldingi qonunda aynan himoya orderi berish tartibi to‘g‘risida 8ta qism kiritilgan bo‘lsa, yangi qonunda to‘ldirilib 14 qismga yetkazilgan. Yangi qonunda himoya orderini 1 yilga uzaytirish imkoniyati va buning uchun sudga murojaat qilish belgilangan. Quyidagi qonundagi muhim jihat va qo‘shimchalar keltirilgan.
Ogohlantirish
Himoya orderini bergan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsni himoya orderining shartlari va uni bajarmaslik oqibatlari, zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturlaridan o‘tish zarurligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Himoya orderini kim va qancha muddatga beradi?
Tegishli hududda tazyiq va zo‘ravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tazyiq va zo‘ravonlik fakti yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida himoya orderini o‘ttiz kun muddatgacha beradi va ushbu order rasmiylashtirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
Himoya orderini imzolashdan bosh tortish














