10:09 / 03.03.2021
2652
Saudiya Arabistoni Boeing va Airbus’dan 70ta samolyot sotib olmoqchi - OAV

Saudiya Arabistonining davlat aviakompaniyasi Airbus va Boeing kompaniyalaridan o‘nlab yangi samolyot sotib olishni rejalashtirmoqda.  

Airbus va Boeing kompaniyalari pandemiya sababli yuzaga kelgan inqiroz vaqtida Saudiya Arabistonidan yirik buyurtma olishi kutilmoqda. Ta'kidlanishicha, podshohlikning Saudia aviakompaniyasi 70ta yangi samolyot sotib olmoqchi.  

Gap A321 hamda Boeing 777 va 787 modellari haqida bormoqda. Hozircha Saudiya Arabistoni qaysi modeldan nechtadan sotib olishi noma'lum.

Ayni vaqtda Saudia kelishuvni qisman moliyalashtirish uchun 3 mlrd dollarlik kredit olish bo‘yicha mahalliy banklar bilan muzokaralar olib bormoqda. Kompaniyaning o‘zida hozircha ushbu axborotga izoh berilmayapti. 

Top