Aviakompaniyaning yopilib ketişiga sabab bölgan halokat – McDonnell Douglas samolyoti nega qulab tuşgandi?
|20:53 / 21.04.202416 72010 min
1998 yilda Şveytsariya aviakompaniyasiga qaraşli McDonnell Douglas samolyoti Nyu-York-Jyeneva yönalişida havoga kötarilganidan bir soat ötib, Kanadaning Yangi Şotlandiya provinsiyasi yaqinida, Avliyo Margaret qöltiğiga qulab tuşadi. Oqibatda, samolyotdagi barça halok böladi. Hodisadan köp ötmay kompaniya bankrot deb e’lon qilinadi va öz faoliyatini töxtatadi.
Foto: airliners.netFoto: airliners.net
Fuqaro aviatsiyasi tarixida eng köp odam vafot etgan halokatlar röyxatida Şveytsariyaning Swissair aviakompaniyasiga qaraşli McDonnell Douglas samolyotining qulab tuşiş hodisasi 25-örinda turadi.
Uşbu hodisa Swissair aviakompaniyasi tarixida, şuningdek, McDonnell Douglas samolyotlari bilan sodir bölgan halokatlar orasida eng yirik hodisa hisoblanadi.
Kanada hududida sodir bölgan eng yirik halokatlar orasida esa ikkinçi örinda turadi (birinçisi 1985 yilda Nyufaundlend orolida sodir bölgan halokat, unda 256 kişi vafot etgan).
Uşbu hodisa yana bir iş bilan ahamiyatli – hodisadan köp ötmay Swissair aviakompaniyasi bankrot böladi va öz faoliyatini töxtatadi.
Swissair va McDonnell Douglas tarixi
Şveytsariyaning Swissair AG aviakompaniyasi 1931 yilda taşkil etilgan. Boşqa aviakompaniyalardan farqli ölaroq Swissair har doim Şveytsariya hukumati tomonidan moliyaviy qöllab kelingan.
Aviakompaniya endi taşkil etilgan paytda uning 64 nafar xodimi bölgan. Ulardan 10 nafar uçuvçi, 7 nafar aloqaçi, 8 nafar mexanik, qolganlar bort kuzatuvçi bölgan.
Öşa paytda aviakompaniya yettita marşrut böyiça parvozlarni amalga oşirgan. Fuqaro aviatsiyasi tarixida ilk bor styuardessalarni işga olişni aynan Swissair boşlab bergan.
McDonnell Douglas
Aviakompaniya avvaliga Şveytsariyaning özida, şuningdek, qöşni Germaniya va Avstriyaga parvozlarni amalga oşirgan bölsa, keyinçalik yangi samolyotlar sotib olinişi ortidan Yevropaning turli şaharlariga, keyinçalik boşqa qit’alarga uça boşlagan.
Aviakompaniya ikkinçi jahon uruşi yillarida köplab yönalişlarni yopişga majbur böladi. Uruş tugagandan söng Swissair yana oyoqqa turadi va yangi samolyotlar sotib olib, parvozlar sonini köpaytira boşlaydi.
1960 yillarga kelib Swissair köplab McDonnell Douglas samolyotlarini sotib oladi va ular dunyoning barça çekkalariga uça boşlaydi. Öşa paytlarda Ğarb davlatlari va sotsialistik lagerga kiruvçi davlatlar örtasida aloqalar yaxşi emasdi. Şu sababli ular örtasida özaro aviaqatnovlar ham bölmagan.
1970-yillar boşida vaziyat biroz özgaradi. 1975 yilda Swissair Pekin hamda Şanxay şaharlariga parvozlarni yölga qöyadi va Xitoyga uça boşlagan ikkinçi aviakompaniya böladi.
Mavzuga oid
Garçi 1970-yillardan keyin Boing kompaniyasi işlab çiqargan zamonaviy samolyotlar eng xaridorgir hisoblansa ham, Swissair McDonnell Douglas samolyotlariga sodiq qoladi va uning yangi rusumda işlab çiqarilganlarini xarid qilişda davom etadi. Kompaniya Boing va Airbus samolyotlarini 1990-yillarga kelib sotib olgan.
Boeing-747
Şveytsariyaning neytralitet maqomida bölişi Swissair aviakompaniyasiga dunyoning turli qutblarida joylaşgan davlatlariga nafaqat yölovçi taşiş, balki tijoriy parvozlarni amalga oşirişga imkoniyat yaratadi.
Bundan taşqari, turli davlatlarning Şveytsariya banklarida saqlanadigan oltinlari ham aynan Swissair samolyotlarida taşilgan. Şu sababli bu aviakompaniya samolyotlari «Uçar bank» deb atala boşlangan.
1980-yillar oxiri va 1990-yillar boşida Yevropadagi aksariyat aviakompaniyalar xalqaro alyansga birlaşadi. 1992 yilda ötkazilgan referendumda Şveytsariya aholisi Yevropa iqtisodiy zonasiga qöşilişga qarşi çiqadi.
Referendumdan keyin Swissair’ning Yevropadagi alyanslarga qöşilişi imkonsiz bölib qoladi va aviakompaniya özaro raqobatda boşqa aviakompaniyalarga yutqaza boşlaydi. Alaloqibat, Swissair öz mavqeyini ham yöqotadi.
1993 yilda Swissair Niderlandiyaning KLM, Skandinaviya davlatlarining (Daniya, Norvegiya va Şvetsiya) SAS, Austrian Airlines aviakompaniyalari bilan «Alkazar» deb nomlangan alyansga birlaşadi. Ammo bu ham aviakompaniyaga murakkab vaziyatdan çiqib ketişga yordam bermaydi.
1998 yilda Swissairʼga qaraşli McDonnell Douglas samolyoti Nyu-York – Jyeneva yönalişida havoga kötarilganidan bir soat ötib, Kanadaning Yangi Şotlandiya provinsiyasi yaqinida, Avliyo Margaret qöltiğiga qulab tuşadi. Oqibatda, samolyotda bölgan barça halok böladi.
Swiss International Air Lines samolyotlari \ Foto: shutterstock.com
Şundan söng aviakompaniyaning körsatkiçlari keskin tuşib ketadi. Hatto şveysariyaliklar ham Swissair samolyotlarida uçişdan köra, qöşni davlatlarga ötib parvoz qila boşlaydi. Şu tariqa aviakompaniya bankrotlik holatiga kelib qoladi.
2001 yilda aviakompaniya boş direktori işdan haydaladi. Swissair Crossair aviakompaniyasi egaligiga ötadi. Oradan biroz ötib Crossair SAirlines guruhi tarkibiga ötib ketadi. Öşa yili kuzga borib Swissair samolyotlari parvozlarni butunlay töxtatadi.
2002 yilda Crossair Swiss International Air Lines deb qayta nomlanadi. Şundan söng Swissair barça samolyotlari, xodimlar yangi aviakompaniya tarkibiga ötib ketadi. Şu tariqa 71 yil faoliyat körsatgan aviakompaniya yöqlikka yuz buradi.
Halokat
1998 yil 2 sentabr kuni Swissairʼga qaraşli McDonnell Douglas samolyoti Nyu-York – Jyeneva yönalişida parvozni amalga oşiriş uçun mahalliy vaqt bilan soat 00:18 da Jon Kennedi nomidagi aeroportdan havoga kötariladi.
McDonnell Douglas \ Foto: airliners.net
Uşbu samolyot 1991 yilda işlab çiqarilgan bölib, parvozgaça 6400 km uçiş-qönişni amalga oşirgan va jami 36 041 soat parvoz qilgan edi. Öşa kuni samolyotda ikki nafar uçuvçi va 11 nafar bort kuzatuvçilari, bir nafar aviamexanik va 215 nafar yölovçi bölgan.
Havoga kötarilgandan 50 minut ötib, ekipaj komandiri va uning yordamçisi uçuvçilar kabinasida qölansa hid çiqayotganini sezib qolişadi. 10 minutdan keyin uçuvçilar kabinasi tutunga töladi.
Şu paytda uçuvçilar özlari uçib ötayotgan hududga eng yaqin bölgan Kanadaning Nyu-Bransuik provinsiyasida joylaşgan Monkton şahri aeroportining dispetçeri bilan boğlanib, vaziyat haqida haqida xabar berişadi.
Oradan bir daqiqa ötib, Monktondagi dispetçer ularga Kanadaning Yangi Şotlandiya provinsiyasida joylaşgan Galifaks şahridagi aeroportga qönişga ruxsat beradi.
Şundan söng samolyot Galifaksga qöniş uçun yönalişini özgartiradi. Uçuvçilar har ehtimolga qarşi samolyotdagi aviakerosinni tökib taşlaşga qaror qilişadi. Öşa paytda samolyot Galifaks aeroportidan 46 kilometr uzoqlikda edi.
Soat 01:24 da eng avval samolyotdagi avtomatik boşqaruv uskunasi işdan çiqadi. Oradan bir minut ötib boşqa uskunalar ham işlamay qoladi.
Şundan söng uçuvçilar dispetçerga javob berişmaydi. Ammo u uçuvçilarning nemis tilida baqirib gaplaşayotganini va uçuvçilar kabinasida kelib çiqqan yonğinni öçirişga urinayotganini eşitib turardi.
1998 yilda halokat sodir bölgan joy
Oradan 5 minut ötib, samolyot Galifaksdan 56 kilometr uzoqlikda joylaşgan Margaret körfaziga qulab tuşadi. Oqibatda uning bortida bölgan 229 kişining barçasi halok böladi.
Guvohlar samolyot qulab tuşgaç portlab ketganini va undan çiqqan olov tölqini hamma yoqni yoritib yuborganini körişgan.
Samolyot qulab tuşgan joyga zudlik bilan 12 ta qidiruv-qutqaruv samolyotlari va vertolyotlar hamda ikkita kema jönatiladi. Ular hodisa yuz bergan joyga yetib borganda bölaklarga bölinib ketgan samolyot okean tubiga 55 metr çuqurlikka tuşib ketgan, jasadlarning bir qismi suv yuzasida edi.
Hodisa yuzasidan suriştiruvlar
Halokat yuzasidan ötkazilgan suriştiruvlar 4 yil davom etdi va unga Kanada hukumati 40 million AQŞ dollari sarflaydi. Halokat sabablarini örganiş uçun samolyot bölaklari töliq okean tubidan olib çiqiladi va bu işlarda 4 ming odam qatnaşdi.
2003 yil 27 mart kuni Kanada transportda xavfsizlik böyiça kengaşi yakuniy xulosalarni e’lon qildi. Unga köra halokatga yölovçilar foydalanişi uçun örnatilgan köngiloçar videotizim uskunalarida sodir bölgan qisqa tutaşuvlar sabab bölgan.
Samolyot qulab tuşgan joyda örnatilgan yodgorlik
Uçuvçilar kabinasida tutun çiqa boşlagaç ekipaj komandiri va uning yordamçisi instruksiya böyiça iş tutişi va barça uskunalarni, şuningdek, samolyotning dum qismida joylaşgan havo haydagiçni öçirişi lozim edi.
Ammo ular bunday qilmagan. Oqibatda samolyotning dum qismidagi qurilmadan haydalayotgan havo uçuvçilar xonasida yonğinni battar kuçaytirgan.
Samolyot qulab tuşişidan 6 minut avval barça uskunalar işdan çiqadi va hatto uçuvçilarning ovozlarini yozib olişi lozim bölgan qora quti ham işlamay qoladi. Hisobotda uçuvçilar olovni öçirişga uringani va buning uddasidan çiqolmagani keltiriladi.
Samolyotdagi olovning kuçayib ketişiga uning salonidagi temir konstruksiyalarni örab turgan yelimli polipropilen öramlar ham sabab böladi. Şu tufayli uşbu halokatdan söng fuqaro aviatsiyasida xizmat qilayotgan samolyotlarning bunday öramlarni işlatişi taqiqlanadi.
Bankrot bölgan Swissair
McDonnell Douglas samolyotining halokatga uçraşi şundoq ham oğir kunlarni boşidan ötkazayotgan Swissair aviakompaniyasining bankrot bölib, yopilib ketişini tezlaştiradi.
Halokatdan söng aviakompaniya samolyotlarida parvoz qiluvçilar soni keskin kamayib ketadi. Oqibatda köplab yönalişlarda parvozlar töxtatiladi.
2001 yilga borib kompaniya bankrot deb e’lon qilinadi. 2002 yilda uning samolyotlari va xodimlari boşqa aviakompaniya ixtiyoriga ötib ketadi.
Şu tariqa 71 yil davomida faoliyat körsatgan, 1970-yillarda dunyoning yirik aviakompaniyalaridan biri bölgan Swissair yöqlikka yuz tutadi.
Uning barça aktivlari va samolyotlari Crossair aviakompaniyasiga sotib yuboriladi. Keyinçalik Crossair öz nomini Swiss International Air Lines deb özgartiradi. Hozir ham şu nomda faoliyat olib bormoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi