Özbekistonga yana bitta Airbus A320neo samolyoti olib kelindi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar bermoqda.
Samolyot Toşkent xalqaro aeroportiga 2024 yil 20 aprel kuni qöngan. 170 örindiqli, ikki klassli samolyot Tayvanning Taynan şahridan uçib kelgan.

“Havo kemasini yetkazib beriş aviakompaniyaning tajribali uçuvçilari – Airbus parvoz otryadi sardori örinbosari Amrillo Nutfullayev va havo kemasi sardori Ivan Zinovev tomonidan amalga oşirildi. Tez orada layner parvozlar jadvaliga kiritiladi va muntazam hamda charter aviaqatnovlarni amalga oşirişni boşlaydi”, deyiladi xabarda.


2023 yil yanvar oyida “Dunyo” axborot agentligi Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Airbus bilan A320neo oilasiga mansub 12 ta samolyot xarid qiliş böyiça şartnoma imzolagani haqida xabar bergandi.








