23:49 / 03.03.2021
20568
Zulfiya mukofoti sovrindorlari e'lon qilindi

8 mart arafasida 28 nafar qiz Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori e'lon qilindi.

Qarorda aytilishicha, mukofotlanganlar, jumladan, «Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda chuqur bilim va intellektual salohiyatini namoyon etgan».

28 nafar iqtidorli qiz a'lo xulqi, noyob iste'dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta'lim, fan, adabiyot, san'at, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun taqdirlandi.

Ularga sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirlarida topshiriladi.

Sovrindorlarning har biriga 50 BHM (12 250 000 so‘m) pul mukofoti beriladi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati

Karimboyeva Shahzoda Kamoladdin qizi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi 12-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi 

Orazbayeva Gulsanem Jalg‘asbay qizi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi 

Komilova Mehrinoz Oybekjon qizi – Andijon davlat tibbiyot institutining 2-bosqich magistranti

Radjiyeva Gulhayoxon Shuhratjon qizi – Andijon davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Salimova Amira Sunnatjon qizi – Buxoro viloyati Kogon shahridagi 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi 

Umarqulova Dinora Sherali qizi – Buxoro davlat universitetining 4-bosqich talabasi 

Imomova Dildora Shuhrat qizi – Jizzax politexnika institutining 4-bosqich talabasi 

Mamarasulova Muqaddas Abdulqosim qizi – Jizzax davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi 

Ahmatova Sitorabonu Zohidjon qizi – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining 4-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)

Berdiyeva Iroda Xudoyshukurovna – O‘zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich magistranti (Qashqadaryo viloyati)

Ibodullayeva Nafisa Muhitdinovna – Navoiy davlat pedagogika institutining tayanch doktoranti 

Shomurotova Nodirabegim Odilovna – Navoiy viloyati Navoiy shahridagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining 10-sinf o‘quvchisi

Abdullayeva Manzura Nasibillo qizi – Namangan davlat universitetining 2-bosqich magistranti 

Xushnazarova Ayshaxon Adhamjon qizi – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 3-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Xayrullayeva Feruza Nurmat qizi – «Respublika yosh ijodkorlar kengashi» nodavlat notijorat tashkiloti matbuot kotibi (Samarqand viloyati)

Shomurodova Mohiniso Shavkat qizi – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich talabasi (Samarqand viloyati)

Sunnatova Madina G‘ofurjon qizi – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Hojiboboyeva Sarvinoz Habibjon qizi – Guliston davlat universitetining 3-bosqich talabasi 

Komiljonova Nilufar Shuhrat qizi – Termiz davlat universitetining 3-bosqich talabasi 

Omonova Umida Shuhrat qizi – O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining Xalqaro shaxmat akademiyasi sportchi-o‘quvchisi (Surxondaryo viloyati)

Dehqonova Madinabonu Dilshod qizi – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 2-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Nazarova Zilola Ergashboy qizi – Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi «Barkamol avlod» bolalar maktabi to‘garak rahbari 

Yo‘ldosheva Farzona Baxtiyor qizi – Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahridagi ixtisoslashtirilgan san'at maktabining 10-sinf o‘quvchisi 

Tursunova Dilnozaxon Isroiljon qizi – Farg‘ona politexnika institutining 4-bosqich talabasi 

Jumaboyeva Shahzoda Ne'matjon qizi – Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 10-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktab-internatining 9-sinf o‘quvchisi

Karimova Madina Jumanazarovna – Xorazm viloyati Urganch shahridagi 10-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Kim Yuliya Olegovna – Respublika oliy sport mahorati maktabining figurali uchish bo‘yicha murabbiyi (Toshkent shahri)

Rahimova Sayyora Yashin qizi – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 4-bosqich talabasi (Toshkent shahri)

Top