12:08 / 05.03.2021
11685
Prezident maktablariga imtihonlar qachon o‘tkazilishi ma'lum qilindi

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi 2021 yil iyul, 2-bosqichi avgust oyida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.

Shuningdek, prezident maktablariga kirish uchun qaysi fanlardan imtihon olinishi va imtihonlar tartibi ham bildirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15-iyundagi 526-son qarori bilan tasdiqlangan “Prezident maktablari to‘g‘risida Nizom”ning 5-bob 39-bandiga asosan Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich matematika fanidan 30ta topshiriqdan iborat test shaklida o‘tkaziladi. Belgilangan vazifani bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi;

birinchi bosqich natijasiga ko‘ra qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 20 kishi hisobidan maksimal talabgorlar 2-bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi;

2-bosqich — axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha 16ta masala;

mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan 24ta masala;

ingliz tilidan 55ta test.

2-bosqich kirish imtihonlari uchun jami 150 daqiqa vaqt ajratiladi.

* Ma'lumotlar bo‘yicha o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, bu haqda qo‘shimcha xabar beriladi.

Top