Bir guruh fizika fani o‘qituvchilari 31 oktyabrda o‘tkazilgan attestatsiya imtihonida tushgan savollardan norozi bo‘lib, Kun.uz'ga murojaat qildi. Turli hududlardan tahririyatga yozgan pedagoglar bu yilgi savollar juda murakkab bo‘lganini, ko‘rsatilgan adabiyotlardan tuzilmaganini aytmoqda.
“31 oktabr kuni hamma viloyatlarda fizika fanidan attestatsiya imtihoni bo‘lib o‘tdi. Respublika fizika guruxlar kanalida deyarli hamma fizika fan o‘kituvchilari Maktab vazirligidan norozi. Bizga ko‘rsatilgan adabiyotlardan savollar tuzib, attestatsiya jarayonini kayta o‘tkazib berilishini so‘raymiz”,– deydi shaxsini ochiqlashni istamagan o‘qituvchilardan biri.
Navoiy viloyati Xatirchi tumanidan murojaat qilgan yana bir o‘qituvchi imtihondan 80 ball olganini, berilgan masalalarda ildizdan chiqarib bo‘lmaydigan irratsional sonlar tushganini aytmoqda.
“Biz shuncha narsani o‘qiganimiz uchun qiynalib olgan bo‘lsak, oddiy o‘qituvchilar qanday olishsin? Qani adabiyotlar ro‘yxatidan foydalanilgani, qani maktab darsliklari tipidagi masalalar, qani O‘lmasova, qani G‘aniyev kitoblari tipidagi masalalar?
Masalalarni hisoblashga ancha vaqt ketib qoldi. Ustiga-ustak noqulay, ildizdan chiqmaydigan irratsional sonlar. Keyin juda ko‘p masalada ildizdan chiqmaydigan sonlar tanlangan. Ekranda turgan kalkulyatorda esa ildiz chiqarish funksiyasi yo‘q. Ildiz chiqarish qoidasi ham bor. Ammo bu usul ancha vaqt olib qo‘yadi.
Men ochig‘i bugungi attestatsiya savollaridan qoniqmadim, bahorda topshirganimda bugungidek qiynalmagan edim. Keyin savollar nega chiqib ketgan? Nega korrupsiya urchigan? Nega ustozlarning ustidan kulishyapti? Nega ularni yiqitib mazax qilishyapti? Ularni aybi nima? Nega ularni fanidan sovutyapsizlar?
Axir, ular testdan o‘tolmasa rahbariyati, o‘quvchilarining oldida qanchalik mulzam bo‘lishini, qo‘li ishga bormasligini o‘ylab ko‘rdinglarmi?” – dedi u.
O‘qituvchning qo‘shimcha qilishicha, pedagoglar bunday holat yuzasidan avval ham attestatsiya savollarini tuzuvchilarga so‘rov yuborishgan, ammo javob xati kelmagan.
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidan yozgan yana bir fizika, matematika o‘qituvchisi esa attestatsiya savollari Eron adabiyotlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinganini bildirdi.
“



















