17:29 / 07.03.2021
2633

Dunyoda koronavirusga qarshi emlanganlar soni qariyb 300 mln nafarga yetdi

Koronavirusga qarshi eng ko‘p emlanganlar AQSh, Xitoy va Yevroittifoq mamlakatlarida.

Foto: AP Photo/Michel Spingler

7 mart holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 111 mamlakatda qariyb 300 mln kishi koronavirusga qarshi emlandi. Emlanganlar soni bo‘yicha AQSh yetakchilik qilmoqda, deb yozadi Bloomberg.

 Ma'lumot berilishicha, AQShda 87,9 mln doza vaksina qo‘llangan. Oxirgi haftada mamlakatda kuniga o‘rtacha 2,16 million doza vaksina bilan emlash amalga oshirilgan.

Ikkinchi o‘rinda Xitoy turibdi – 52,5 mln doza vaksina, uchinchi o‘rinda esa YeI mamlakatlari - 39,8 mln doza vaksina.

Dastlabki beshtalikdan shuningdek, Buyuk Britaniya (22,9 mln emlash) va Hindiston (20,7 mln emlash) o‘rin olgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top