Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng katta oltin koni O‘zbekistonda joylashgani ma’lum qilindi
Kitco kompaniyasi ekspertlari 2020 yilda oltin qazib olinishi bo‘yicha konlar reytingini tuzdi.
«Muruntov» koni / Foto: Uzbekistan Travel
Reytingga ko‘ra, 2 mln unsiya yoki qariyb 57 tonna oltin qazib olingan «Muruntov» koni birinchi o‘rindan joy oldi. Ushbu kon Navoiy viloyatida joylashgan.
Mutaxassislarning baholashlaricha, kondagi oltin zaxiralari 150 mln unsiyadan oshadi. Konning uzunligi 3,3 km, eni 2,5 km va chuqurligi qariyb 600 metrni tashkil etadi.
«Muruntov 150 million unsiyadan ortiq zaxirasi bilan yaqin kelajakda dunyodagi eng yirik oltin koni maqomini saqlab qoladi», - deyiladi xabarda.
Muruntov koni 1958 yilda sovet geofiziklari Yuriy Mordvinsev va Pyotr Xramishkinlar tomonidan ochilgan. 1969 yildan bu yerda sanoat usulida oltin qazib olish boshlangan.
Reytingda keyingi o‘rinlarda AQShdagi «Karlin» va Rossiyadagi «Olimpiada» konlari joylashgan.
Mavzuga oid
07:35 / 08.12.2025
Infografika: insoniyat qazib olgan va hali yer ostida qolgan barcha oltin miqdori
19:17 / 07.12.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi
09:20 / 05.12.2025
Chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan 1,1 mlrd so‘mlik oltin qo‘lga olindi
19:19 / 04.12.2025