Dunyodagi eng tezkor superkompyuter to‘liq quvvat bilan ishlashga tushirildi
9 mart kuni Yaponiyaning Kobe shahridagi Tabiiy fanlar instituti hisoblash markazida dunyodagi eng tezkor superkompyuter “Fugaku”ni to‘liq quvvat bilan ishlashga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: TASS/EPA/Dai Kurokawa
Dastlabki rejaga ko‘ra, qurilmani to‘liq quvvat bilan ishlashga aprelda tushirish rejalashtirilgandi. Biroq ushbu jarayonni koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq shoshilinch tadqiqotlarni o‘tkazish zarurati sababli tezlashtirishga qaror qilingan.
“Fugaku” qisman 2020 yil aprelda ishga tushirilgan. Iyunda u dunyodagi eng kuchli superkompyuterlarni aniqlovchi “Top-500” mutaxassislari tomonidan dunyodagi eng tezkor superkompyuter deb tan olingan.
Superkompyuter Fujitsu kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. U bir soniyada 415 kvadrilliondan ko‘proq amalni bajara oladi. Bu esa avvalgi eng tezkor superkompyuter - AQShning Summit qurilmasi tezligidan 2,8 marta ko‘proqni tashkil qiladi.
Ayni vaqtda “Fugaku”ni yuzdan ko‘proq turli tadqiqotlarda qo‘llash rejalashtirilgan. Bu tadqiqotlar pandemiyadan tashqari, sun'iy ong va ob-havoni prognozlash sohasidagi tadqiqotlar bilan bog‘liq.
Ta'kidlab o‘tish joiz, “Fugaku” yaponlar uchun muqaddas hisoblangan Fudziyama tog‘ining nomlanishlaridan biri hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini tabrikladi
O‘zbekiston | 20:39
-
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
O‘zbekiston | 20:08
-
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
Jahon | 20:03
-
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
O‘zbekiston | 19:54
Mavzuga oid

09:20 / 23.06.2020
Dunyodagi eng kuchli superkompyuter ma'lum qilindi

00:52 / 20.05.2020
Microsoft Ilon Mask kompaniyasi uchun superkompyuter ishlab chiqardi

23:47 / 05.03.2020
Dunyodagi eng kuchli superkompyuter yaratildi

22:36 / 18.02.2020