19:36 / 10.03.2021
4979
Erdo‘g‘an va Putin «Akkuyu» AESining uchinchi energiya bloki qurilishiga start berdi

Ma'lum qilinishicha, «Akkuyu» AESi faoliyati 60 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, u atrof-muhitga zarar miqdorini kamaytirish imkonini beradi va Turkiyaning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining 10 foizini qoplaydi.

Foto: Anadolu Agency

Turkiyaning Mersin viloyatida «Akkuyu» AESining uchinchi energiya bloki qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

Onado‘lu agentligining xabar berishicha, marosimda videokonferensiya rejimida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etdi.

Turkiya energetika vaziri Fotih Do‘nmaz Glava «Akkuyu» AESini Turkiya tarixidagi eng yirik energetika loyihalaridan biri deb atadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AES faoliyati 60 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, u atrof-muhitga zarar miqdorini kamaytirish imkonini beradi va Turkiyaning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining 10 foizini qoplaydi.

Rossiya va Turkiya o‘rtasida «Akkuyu» atom elektr stansiyasini qurish va ishga tushirish to‘g‘risidagi shartnoma 2010 yilda imzolangandi.

Turkiyadagi ilk AES umumiy quvvati 4800 megavatt bo‘lgan 3+ avlodiga mansub VVER-1200 reaktorlaridan iborat to‘rtta energiya blokini o‘z ichiga oladi.

AESning birinchi energiya blokini 2023 yilda ishga tushirish mo‘ljallangan. Qolgan uchta energiya bloki bir yildan vaqt oralig‘ida 2026 yilgacha ishga tushadi.

Top