11:13 / 12.03.2021
21737
2021 yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanishi mumkin 

“O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi PF-6122-son “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi farmon loyihasi e'lon qilindi.

Foto: Shutterstock

Qayd etilishicha, hujjat “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida fuqarolarning faol dam olishi uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida qabul qilinishi kutilyapti.

2021 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanishi mumkin:

  • 14 may — juma;
  • 2 sentyabr — payshanba;
  • 3 sentyabr — juma;
  • 31 dekabr — juma.

2021 yilda dam olish kunlari:

  • 27 mart — shanba kunidan 22 mart — dushanba kuniga;
  • 17 iyul — shanba kunidan 21 iyul — chorshanba kuniga;
  • 24 iyul — shanba kunidan 22 iyul — payshanba kuniga ko‘chirilishi rejalashtirilgan.

2021 yil 2 yanvar — shanba, 20 mart — shanba, 22 mart — dushanba, 15 may- shanba, 21 iyul — chorshanba, 22 iyul —payshanba va 4 sentyabr — shanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat'i nazar, dam olish kunlari hisoblanishi belgilab qo‘yiladi.

Avvalroq, o‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam olishi ma'lum qilingandi

Top