00:35 / 13.03.2021
17595
Superligada 1-turdan keyin ilk iste'fo ro‘y berdi

Superliga yangi mavsumi 1-turidan keyinoq chempionatda ilk iste'fo kuzatildi. «Navbahor» bosh murabbiyi No‘'mon Hasanov iste'foga chiqarildi.

«Joriy mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan «Navbahor» uchun har bir o‘yin muhim va finalga teng. Ammo kutilmaganda jamoa 1-turda o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ga imkoniyatni boy berdi (0:1). Shu bois, «Navbahor» PFK rahbariyati jamoa murabbiylar shtabida o‘zgarish qilishga qaror qildi. 

Klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, shu kungacha klubda maslahatchi – murabbiy sifatida faoliyat olib borgan tajribali mutaxassis Viktor Romanovich Jalilov «Navbahor»ga bosh murabbiy etib tayinlandi», - deyiladi Namangan klubi rasmiy xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Viktor Jalilov «Navbahor»da 1995-2000, 2003-2004, 2010 yillarda faoliyat yuritgan va jamoa bilan birga ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. «Navbahor» tarixidagi yagona chempionlik unvoniga ham 1996 yili Viktor Romanovich davrida erishilgan.

Top